Respublika o’rta tibbiyot va farmatsevtika  xodimlari

malakasini oshirish va ularni  ixtisoslashtirish markazi

 Guliston  filiali to’grisida ma’lumot

        O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1996-yil 10-apreldagi 114 -sonli buyrug’iga binoan Sirdaryo viloyatida Guliston o’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar  malakasini oshirish bilim yurti tashkil etildi.                                                                                                           

        O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 2004-yil                            20- oktyabrdagi 463 – sonli buyrug’iga asosan Guliston o’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar  malakasini oshirish bilim yurti  «O’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish  respublika markazi Guliston filiali»  deb nomlandi.

       O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi                 319-sonli qaroriga   asosan “O’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish respublika markazi Guliston xududiy bo’linmasi”  nomi bilan faoliyatini olib bordi.                                                                                                            

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2018-yil                         03- apreldagi 206-sonli buyrug’i va Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligining  2018- yil  07- apreldagi  75910sonli   qaroriga   asosan “ Respublika o’rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Guliston filiali ” deb qayta  nomlandi.  

Filialning rasmiy nomi:

 davlat tilida – “Respublika o’rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Guliston filiali” (qisqartirilgan nomi – RO’TFXMOIM Guliston filiali);

рус тилида–Гулистанское филиал подразделение Республиканского    центра  повышения квалификации и специализации средних медицинских и фармацевтических работников;

инглиз тилида –Regional branch of  Gulistan region  of the Republican centre for the qualification upgrade of middle level medical and pharmaceutical emp .  

 Filial manzili–                                                                                                                                                              

 Guliston shahar G’oliblar ko’chasi  46-uy       

 pochta indeksi – 120100                                                                                                                          

 telefon va faks  raqami – 867  236 98 05

Filial faoliyatining  maqsadi– Sirdaryo viloyat davolash profilaktika muassasalari o’rta  tibbiyot  va farmasevtika xodimlari   malakasini oshirish va  kasbiy darajasini muntazam oshirish, mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ularni qayta  tayyorlash.

           O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida filialda 28 ta malaka oshirish, 24 ta qayta tayyorlash va ixtisoslashtirish hamda 7 ta mavzuli malaka oshirish yo’nalishlarida tinglovchilarga ta’lim beriladi.