“Dolzaarb 30 kun”

Filialda Joriy yilning 20 may kunidan 20 iyun kuniga qadar o‘tkazilib kelinayotgan “Dolzarb 30 kun” profilaktika tadbirida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar,suvda cho’kish va zaharlanishlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbir o’tkazildi

Guliston shahar FV Tezkor bo‘limi boshlig‘i leytinant M.Narzullayev  o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil  17-may kunidagi “Respublikada yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb-30 kun” profilaktika tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 173-son farmoyishi hamda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil  17-may kunidagi 229-son buyrug‘i va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib ijroga qaratildi.

Ushbu tadbir doriasida, eng avvalo, bozor va yirik savdo majmualari, oʻta muhim, toifalangan va iqtisodiyot obyektlari, yonish-portlash xavfi yuqori obyektlar, shuningdek, odamlar koʻp yigʻiladigan maskanlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash, yozgi dam olish va sogʻlomlashtirilish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan va suvda cho’kish va zaharlanishlarga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, oʻrmon fondi obyektlarini yongʻindan qoʻriqlash, uy-joy fondi obyektlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsad qiligan.

Mazkur tadbirlar doirasida quyidagi tavfsiyalarni ta’kidlab o‘tishni joiz bildik, hozirgi issiq kunlar davomida, tabiiyki, aholi xonadonlari va barcha turdagi obyektlarda sovutish moslamalariga bo‘lgan talabning ortishi kuzatilmoqda, ammo, bunda belgilangan talab va qoidalarga rioya qilmaslik hamda beparvolik oqibatida yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish xavfi ham ortib borayotganligini ko‘rsatmoqdaligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

  Shu o‘rinda, “Dolzarb 30 kun” profilaktika mavzuda joylarda 5 nusxada jami 8049 ta eslatma va bukletlar tarqatilganligini, 214 ta oylikka doir tashqi reklama plakatlari va bannerlar bozor va savdo komplekslari, yo‘lovchi tashish transportlari, avtostansiya va vokzallar hamda boshqa odamlar to‘planadigan obyektlarga o‘rnatilganligini, markaziy va mahalliy telekanallar orqali
43 ta ko‘rsatuv lavxalar efirga uzatilib, internet sahifalariga 78 ta ma’lumotlar (xabarlar) va maqolalar joylashtirilganligini yig‘ilish qatnashchilariga gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng Guliston shahar hokimligi Harbiy safarbarlik va favqulotda vaziyatlar mutaxassisi S.Achilov o’z so‘zida  “Dolzarb 30 kun” doirasida o‘tkazilayotgan seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi, uning oldini olish va yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lish, yong‘in o‘chirish usullari va uskunalar bilan tanishish va boshqa favqulodda holatlarda (gaz va elektr avariyalarida) harakat qilish tartibi, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, o‘t o‘chirgichlar, to‘kma materiallari (qum, perlit va boshqalar) bo‘lgan qutilar, shuningdek, yong‘inga chidamli matolar (asbest matosi , kigiz , namat
va boshqalar)  , bochkalar va suv bilan to‘ldirilgan idishlar, qo‘lda foydalaniladigan mexanizatsiyalashmagan va mexanizatsiyalashgan yong‘inga qarshi vositalar (ilgaklar, lomlar, belkuraklar, boltalar, elektr simlarini kesish moslamalari, elektr dvigatel tomonidan boshqariladigan asboblar, ichki yonish dvigateli va boshqalar) to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o‘tdi.