Guliston filialda tashkil etilgan                                                                           Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari

          O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish  ishlarining samarаdorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-81-sonli hamda 2022-yil                     11-maydagi “Davlat boshvaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni bartaraf  etish  mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-240-sonli qarorlari  topshiriqlari va Sog’liqni saqlash vazirining 2022- yil 1- martdagi 71-sonli buyrug’i hamda Sirdaryo viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasining 2024- yil   23-avgustdagi 01-965-son ko’rsatma xati  iijrosi ta’minlansin maqsadida Guliston filialida  buyruq imzolangan. Ushbu buyruqqa asosan chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ishchi guruh tashkil etilgan . Guliston filiali xodimlariva tinglovchilar  o’rtasida                                     “ Korrupsiya va uning oqibatlari”  to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi.      2025 yil 15-16 aprel kunlari  “Istiqbolli avlod”ijtimoiy-axborot markazida   mehnat munosabatlaridagi korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar , korrupsiyaga qarshi kurashishning gender jihatlari  va uning samarali  vositalari , mexanizimlariga bag’ishlangan “Korrupsiyaga qarshi” mavzusida mutaxassislar ishtirokida trening o’tkazildi. Bu treningda filialning o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari M.Malikova ishtirok etdi. Filial xodimlariga trening natijalari to’g’risida suhbat tashkil etdi.

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi 2021-yil 06-iyuldagi PQ – 5177 – son qarori, hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2024-yil 226-sonli buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14 -oktyabrdagi “Davlat fuqaroloik xizmatchilari tomonidan odob – ahloq qoidalariga rioya etishni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi 595 – son Qarori, 2024- yil                                          4-sentyabrdagi “Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash – profilaktika muassasalari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari tibbiyot hodimlari hamda talabalarining tibbiyot muassasalarida kiyim – boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 284 – sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida filialda  2025 yil 7-mayda 08-27-10-sonli  buyruqqa binoan Odob-ahloq  komissiyasi tuzilib, chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi.